Shilliqurtlar qay tariqa yuradi?



Siz yerda juda sekin harakatlanayotgan shilliqqurtni ko’rgan va iya, uning birorta ham oyog’i ko’rinmaydi, qay tariqa yurarkin, deya o’yga botgan bo’lsangiz kerak. Gap shundaki, shilliqqurt tanasining pastki qismi faqat “oyoqdan” iborat! Bu oyoqlar yassi va silliq bo’lib, uning mushaklari shilliqqurtga sudralish imkonini beradi. Oyoqlaridagi suyuqlik ajratadigan kichkina bezlar uning harakatlanishini osonlashtiradi, shilliqqurt to’lqinsimon harakati bilan yer uzra sudralib ketaveradi. Bu “oyoq” shu qadar hayratlanarliki, shilliqqurt o’tkir tig’ ustidan hech qanday talofatsiz oshib o’tishi mumkin! Shilliqqurt ko’p tomondan diqqatga sazovor mavjudot. Masalan, u hech qachon adashib ketmaydi. Qanchalik uzoq yo’l yurmasin, sezgilari uni baribir o’z qarorgohiga yetaklab keladi. Og’irligi 15 grammdan oshmaydigan shilliqqurt yarim kilo yukni olib kelishga qodir. Ular ko’pincha ikki xil — chig’anoqli va chig’anoqsiz bo’ladi. Chig’anoqda yashaydigan shilliqqurtning tanasi bo’lib, u chig’anoqning har qanday buramalariga jips yopishib qoladi, kuchli mushaklari esa xavfli daqiqalarda chig’anoq ichiga butunlay bekinib olish imkonini beradi. U yashiringach, chig’anoqning ochiq joylarini chig’anoq uchida joylashgan muguz lappagi bilan mahkam yopib oladi. Shilliqqurtlar quruhlikda yoki chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Shilliqqurtning tili egovga o’xshaydi. Shilliqqurt yuzlab tishi o’rnashgan tili bilan ovqatni tilib yeydi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz