SHIBLIY,
SHibliy , Abu Bakr Dulaf ibn Jahdar (ibn Jaʼfar) (861-946) — bag‘dodlik soʻfiy, al-Junayd
va al-Hallojning eng yaqin shogirdi va safdoshi. Samarrada tug‘ilgan, otasi xalifaning
bosh hojibi, amakisi -Iskandariyada amir ul-umaro bo‘lgan. Sh.ning o‘zi xalifa alMuvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shim. Erondagi Damovand viloyati
voliysi etib tayinlangan, biroq to‘satdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur
soʻfiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) „tavba“ qilib soʻfiylikni ixtiyor etgan.
Dastlabiga hissiyotga o‘ta beriluvchan xarakterli Sh. al-Halloj targ‘ib etgan „o‘ta“
soʻfiylikka moyillik bildirgan. Biroq, taʼqib etishlar, so‘ngra al-Hallojning qatl etilishi uni
o‘z qarashlarini o‘zgartirishga majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona
mavqeni tutishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sh. al-Hallojdan yuz o‘girib, uni
mumtoz shaxslar mulki bo‘lgan „sirlar“ni ochganlikda qoralaganligi haqida maʼlumotlar
bor. Al-Halloj qatlidan so‘ng Sh.ning hulqi juda g‘alati bo‘lib qolgan. Uning g‘alati qiliqlari
(qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, o‘zini o‘zi qiynoqqa solishi
va b.) hissiyotga o‘ta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning
uchun bu davrda g‘ayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bag‘dod
hukmron doiralari unga eʼtibor bermaganlar. Sh.ni shuningdek, badavlat xonadonda
tug‘ilganligi va o‘sha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan bo‘lgan molikiylar
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi 350
mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan bo‘lsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida
Sh., olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto
ulardan ustun turgan. Sh.ga nisbat beriladigan soʻfiyona sheʼrlar badiiy qimmatga ega.
Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan so‘zlari va sheʼrlarini barcha moʻtabar
soʻfiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bag‘doddagi qabri saqlangan va bugungi
kunda ham ziyoratgoh sanaladi.
Adabiyotlar
ISLOM ENSIKLOPEDIYASI"Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi"
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004
uz.wikipedia.org