SHERMUHAMMAD MADRASASI
SHERMUHAMMAD MADRASASI – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali hovliga chiqiladi. Hovli atrofi oldi ravoqli hujralar bilan o’ralgan. Bezagida ganch o’ymakorligi va chaspak uslubida girih naqshlar qo’llanilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz