Шэнэ Зеланд
Yangi zelandiya — Tinch okeanning janubi-gʻarbiy qismidagi davlat. Maydoni 268,7 ming km². Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Ya.Z. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Ya.Z. parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal qilinadi. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli, uning nomidan generalgubernator davlatni boshqaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament — vakillar palatasi, ijrochi hokimiyatni generalgubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Ya.Z. Kuk boʻgʻozi orqali ajralib turgan Shimoliy va Janubiy orollarda joylashgan. Ya.Z.ga Tinch okeandagi bir qancha mayda orollar ham kiradi. Mamlakatning 3/4 qismi togʻ, qir va tepaliklar bilan band. Sohili va daryo vodiylari pasttekislik. Shimoliy orolda tez-tez zilzila boʻlib turadi, soʻnmagan vulkanla
r, geyzerlar, qaynoq mineral buloqlar bor. Janubiy orolda Janubiy Alp togʻlari joylashgan (eng baland joyi 3764 m — Kuk togʻi; choʻqqilarda abadiy qor va muzliklar bor). Shimoliy orol qirgʻogʻi yaqinidagi shelfda neft, gaz, temir, mis, polimetall rudalari, oltin, koʻmir konlari bor. Iqlimi subtropik dengiz iqlimi, chekka janubiy da moʻʼtadil iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi shimolida 12°, janubida 5°, yanvarniki shimolida 19°, janubida 14°. Oʻrtacha yillik yogʻin 400–700 mm, togʻ yon bagʻirlarida 2000–5000 mm. Daryolari sersuv, gʻidroenergiya zaxirasiga boy. Eng yirik daryosi — Uaikato (uz. 354 km). Koʻl koʻp: eng yirigi — Taupo (mayd. 612 km²). Ya.Z.da sariq, qoramtir va kashtan tuproq, togʻlarda togʻoʻrmon, togʻoʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻrmon, asosan, baland togʻlarda saqlanib qolgan (mamlakat hududining 23%). Oʻsimlik turlarining 75% dan ziyodi endemik. Paporotnik, daraxtsimon epifit va lianalar, mahalliy daraxt turlari (kauri, namaki, rimu, tarairo va boshqalar) koʻp. Hayvonot dunyosi kambagʻal. Sut emizuvchilardan kalamush, it, koʻrshapalaklar, sudralib yuruvchilardan tuatara, qushlardan pingvin, nayburun, chagʻalay va boshqalar koʻp. Uchmaydigan qushlardan kivi, ueka, moa va uchadigan moyqut, chittak, chugʻurchiq bor. Soʻnggi 100 yil davomida hayvonot dunyosi bugʻu, serna, tulki, quyon va boshqalar hisobiga ancha boyidi. Ya.Z.da 10 milliy bogʻ (MauntKuk, Tongariro, Fordlend va boshqalar), 2 dengiz parki, koʻplab rezervatlar bor.
Aholisining asosiy qismi yangi zelandiyaliklar; ular yangi zelandiyalik inglizlar va maorilar (15%) ga boʻlinadi. Bundan tashqari, polineziyaliklar, ingliz, shotland, irland, xitoy, hind va boshqalar xalklar ham yashaydi. Rasmiy tillar — ingliz va maori tillari. Dindorlarning aksariyati — protestantlar. Shahar aholisi 85%. Yirik shaharlari: Vellington, Oklend, Kraystcherch.
Tarixi. Ya.Z.ga 10—14-asrlarda maorilar kelib joylashgan. Yevropaliklardan birinchi marta 1642-yil gollandiyalik dengizchi Abel Tasman borgan. 1769— 70 yillarda ingliz dengizchi sayyohi Jeyms Kuk orollarni tadqiq qilgan. 19-asrning boshlarida yevropaliklarning dastlabki aholi punktlari paydo boʻldi. Ayni vaqtda maorilarga tegishli yerlarni bosib olish jarayoni boshlandi. 1840-yil dastlabki ingliz muhojirlari Vellington shahrini barpo etdilar. 1840-yildan Angliya Ya.Z. ni oʻz mustamlakasiga aylantirdi. 1843-yil maorilarning ingliz mustamlakachilariga qarshi qurolli qoʻzgʻoloni boshlandi. 1872-yilga kelib maorilarning qarshiligi toʻla bostirildi. 1907-yil Ya.Z. dominion maqomini oldi. Birinchi jahon urushi (1914—18)da Ya.Z. Buyuk Britaniya tomonida boʻldi. Urushdan soʻng Ya.Z. Germaniyaning sobiq mustamlakalari boʻlgan Gʻarbiy Samoa va Nauruni Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan birgalikda boshqarish uchun mandat oldi. 1926-yilgi imperiya konferensiyasi va 1931-yilgi Vestminster statuti bilan tasdiqlangan qarorlar asosida Ya.Z. tashqi va ichki ishlarda toʻla mustaqillikka ega boʻldi. Ammo Ikkinchi jahon urushi (1939—45) gacha Buyuk Britaniya Ya.Z.ning barcha tashqi aloqalarini nazorat qilib turdi. Ikkinchi jahon urushida Ya.Z. antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. 1930-yillardan hokimiyatni navbatmanavbat Milliy partiya va Leyboristlar partiyasi egallab kelmoqda. Ya.Z. 1945-yildan BMTaʼzosi. 1992-yil 19 martda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6-fevral — Vaytanga kuni (1840).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari . Umumiy kelajak partiyasi, 2002-yil tuzilgan; Leyboristlar partiyasi, 1916-yil asos solingan; Ya.Z. milliy partiyasi, 1936-yil tashkil etilgan; Ya.Z. demokratik partiyasi, 1954-yil tuzilgan; Sotsialistik birlik partiyasi, 1993-yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar koalitsiya, 2002-yil tuzilgan. Ya.Z. kasaba uyushmalari kengashi, 1987-yil asos solingan.
Xoʻjaligi . Ya.Z. — qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 9%, sanoat 25%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 66% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligining asosi — sut, goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. 47,5 mln. qoʻy, 9 mln. qoramol boqiladi. Ya.Z. sariyogʻ, goʻsht, jun va pishloq eksport qilish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Yemxashak ekinlari, bugʻdoy, arpa, suli, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlari ekiladi. Meva, jumladan, kivi yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok, shaftoli, gilos). tokchilik rivojlangan. Baliq va kit ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy, plastmassa, oʻgʻit, sement, chinni zavodlari bor. Kon sanoatida tabiiy gaz, temir rudasi, mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, kumush, qoʻngʻir va toshkoʻmir, titanmagnetit qumi qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 32,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Transportida dengiz transportining ahamiyati katta. Yirik portlari: Vellington, Oklend, Littelton. Yangi Zelandiyalar uzunligi 3,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Vellingtonda xalqaro aeroport bor. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yangi Zelandiya dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Taʼlim 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy va bepul. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oʻqish muddati boshlangʻich maktablarda 6 yil, oraliq maktablarda 2 yil, 8 yillik maktab (boshlangʻich va oraliq)dan keyingi bosqich oʻrta maktab (oʻqish muddati 3 yil). Kollej va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Mamlakatda 7 universitet va texnika institutlari bor. Untlar Oklend, Kraystcherch, PalmerstonNort, Danidin, Vellington, Gamiltonda joylashgan. Yangi Zelandiyalar mamlakatning oliy ilmiy muassasasi — Ya.Z. qirollik jamiyati (1867-yil tashkil etilgan, turli shaharlarda 50 ga yaqin boʻlim va filiallari bor), ilmiy va industrial tadqiqotlar departamenti (1926), pedagogik tadqiqotlar kengashi (1933), Yangi Zelandiya nafis sanʼat akademiyasi, Karterov rasadxonasi, hammasi — Velington shahrida, Danidin shahridagi tibbiy tadqiqotlar kengashi (1950), Vellingtondagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1958), Kraystcherchdagi geofizika va astronomiya rasadxonasida olib boriladi. Vellingtonda Milliy kutubxona (1966), Oklend (1880), Kraystcherch (1859), Vellington (1893) shahrilarida kutubxonalar, Milliy muzey kutubxonasi bor. Muzeylari: Vellingtondagi milliy muzey (1865), Milliy badiiy galereya (1936), Danidin, Kraystcherch, Oklend shahrilaridagi muzeylar, Oklenddagi badiiy galereya, Transport va texnika muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va teleqoʻrsatuvi. Ya.Z.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Dominion" (kundalik gazeta, 1907-yildan), "Ivning post" ("Kechki pochta", kechki kundalik gazeta, 1865-yildan), "Nyu Zilend gerald" ("Yangi Zelandiya xabarchisi", kundalik gazeta, 1863-yildan), "Nyu trus" ("Yangi haqiqat", haftalik gazeta, 1904-yildan), "Otago deyli tayms" ("Otago provinsiyasi kundalik vaqti", kundalik gazeta, 1861-yildan), "Press" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1861-yildan), "Soushelist politiks" (jur.). Nyu Zilend Press Assoshieyshn, Yangi Zelandiya kundalik gaz.larning kooperativ birlashmasi, 1879-yil asos solingan. "Radio Nyu Zilend" radiosi 1936-yil, "Televiji Nyu Zilend" televideniyesi 1960-yil tashkil etilgan.
Adabiyoti 19-asr oʻrtalaridan ingliz tilida rivojlanmoqda. 19-asr oʻrtalarida va undan keyingivaqtlardagi yozuvlarda maorilarning boy folklori (afsona, rivoyat, qoʻshiq, maqol) saqlangan. Dastlabki yangi zeland adabiyoti asarlari ingliz adabiyoti anʼanalari asosida barpo etildi. 19-asrning 50— 80-yillaridagi shoirlar A.Domett va T.Brekken asarlari romantik yoʻnalishda yaratiddi, U.Golder va J.Barr sheʼriyatida erksevarlik ruhi namoyon boʻldi. M.E.Barker, J.Uayt, J.G.Uilson kabi adiblar oʻz asarlarida mustamlakachilik davrini aks ettirdilar. 19-asrning 90-yillari oxiri — 20-asr boshlarida adabiyotda milliylikning oʻziga xos belgilari paydo boʻldi. Bunda Ya.Z. hayotidagi ijtimoiy va irqiy masalalar oʻz aksini topdi. 19-asrning 90-yillaridan U.Pember, J.Makkey va boshqalarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi qaratilgan sheʼrlari, J.Veston, G.V.Vogel, J.Shamyer, U.Satchell romanlari, A.A.Greys, U.Bok va boshqalarning hikoyalari, 20-asr boshlarida K.Mensfildning ruhiy novellasi yaratildi. 20-asrning 30—40-yillarida adabiyot jahon iqtisodiy boʻhronini, mehnatkashlarning oʻz huquqlari uchun kurashini aks ettirdi. J.A.Li, R.Xayd, F.Sarjeson romanlari, R.A.K.Meyson, D.Glover, A.Kernou sheʼrlari shu mavzuga bagʻishlandi. 50-yillardan sheʼriyatda axloqiyfalsafiy muammolar yetakchi oʻringa chiqdi (J.Bakster, A.Kempbell va boshqalar). 1940—60-yillarda D.Ballantayn, L.Devin, N.Xilliard va boshqalarning realistik romanlari paydo boʻldi. Bu davrda M.Shedbolt, B.Mitkaf va boshqalar novella janrida ijod qildilar. Ayrim yozuvchilar ijodida (J.Freym romanlarida) modernizm taʼsiri yaqqol namoyon boʻldi. 1970-yillarda adabiyotga maori yozuvchilari — V.Iximaer va X.Tuvare kirib keldilar. Ya.Z.da K.Mensfild romanlari, A.P.Gaskell, M.Daggan, X.Shouning psixologik novellalari mashhur.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Ingliz mustamlakachilari kelgunga qadar maorilar toʻgʻri burchakli, ikki nishabli tomi oʻtlar bilan yopiladigan yogʻoch uylardan iborat qishloqlarda yashagan. 19-asrning 2-yarmidan aniq reja bilan (Kraystcherch, Oklend) yoki tabiat manzarasi bilan uygʻunlashtirib qurilgan (Vellington) shaharlar qad koʻtara boshladi. Maʼmuriy bino va ibodatxonalar avval neoklassitsizm va neogotika uslubida, 20-asrning 20—30-yillari zamonaviy shakllarda qurildi. 1960—70 yillardan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalar qoʻllanila boshladi. Bir qavatli uylar inglizlarnikiga oʻxshatib qurilsa ham, oʻziga xos mahalliy xususiyatlarga ega.
Maorilar sanʼatining qadimiy yodgorliklari — tosh va suyak oʻymakorligi, naqqoshlik va devoriy yezuvlardir. 19asr oxiri — 20-asr boshlarida mahalliy rassomlik maktabi shakllandi (rassomlar G.Lindauer, Ch.F.Goldi, P. van der Velden, J.Neyrn, A.F. Nikoll, L.Mitchell, haykaltarosh R.O.Gross, fafik E.Mervin Teylor va boshqalar). Rassomlar maorilar turmushi va mamlakat tabiatini tasvirladilar. Monumental rassomlik, haykaltaroshlik, shahar va industrial manzara rivojlanmoqda. Musiqasi. Maori xalqlarida marosim qoʻshiq va raqslari rasm boʻlgan; epik, lirik, mehnat qoʻshiqlari har doim nafosat bilan ijro etilgan. Musiqa asboblari: truba (pu; chigʻanoq, yogʻoch, qovoqdan yasaladi), fleyta turlari (porutu, uio, koauau), shaqildoq, hushtak, gong, kastanyet (tokere). Qoʻshiqraqs sanʼatida tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish keng tarqalgan. 19-asr boshlarida Yevropadan koʻchib kelgan (asosan, ingliz)lar sanʼati rivojlandi. 19-asrda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa musiqa anʼanalari negizida professional musiqa paydo boʻldi. 19-asr oxirida dastlabki simfonik orkestrlar tuzildi. 20-asrda mahalliy sanʼatga qiziqish ortdi (A.Ngata boshchiligidagi yosh maorilar deb nomlangan harakat). Bir qancha folklor ansambllari, jumladan, Vellingtonda "Ngati Poneke" (maori musiqachilari V.Guata, T.R.Karepa) ansambli tashkil etildi. 20-asr mamlakatdagi professional jamoalar orasida Ya.Z. radiosi simfonik orkestri (1947), Yoshlar orkestri (1959), Milliy opera (1954) va Milliy balet (1955) truppalari, kompozitorlardan G.Xill, D.Lilbyorn, D.Farkuaer, K.Smol, E.Lokvud mashhur.
Teatri. 1930-yillarda opera va drama havaskorlari truppalari, 1950-yillarning boshida koʻchma professional truppalar ("Nyu Zilend pleyers", "Sautern komedi pleyers", "Daunsteyj", "Komyuniti arts servis tietr") paydo boʻldi. 1960-yil professional yangi zeland baleti vujudga keldi. Oklend shahrida yarim professional "Sentral tietr", Danidinda xususiy "Glob tietr" teatrlari ishlaydi. Rejissorlar S.Birn, R.Barker, K.Ketkart, aktyorlar R.Stoun, D.Fermeyd, dramaturglar J.Bakster, J.Koppard, A.Kernou mashhur.
Kinosi. 1898-yil dastlabki qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan. 1912-yil Vellingtonda "Neeshenal film yunit" davlat kinostudiyasi tashkil etildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18) harbiy xronika, 20-asrlarda, asosan, qisqa metrajli filmlar yaratildi. Badiiy kinematografiyaning asoschisi rejissor R.Xeyuorddir ["Doʻstlik yoʻllari boʻylab" (1936), "Maorilarni sevish" (1972) filmlari]. 1936-yil ingliz kinorej. J.Grirson yordami bilan bir qancha hujjatli filmlar yaratildi. Badiiy filmlardan "Bardosh bera olmagan toʻsiq" (rej.lar R.Mayrams va J.O’shi), "Testlar uchun suratchalar" (rejissor D.Stivens), "Farzandlar qaytmoqda" (1980, rejissor P.Monder) kabi filmlar diqqatga sazovorOʻzbekiston — Ya.Z. munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil 19 martda oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylashganligi mamlakatlar oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. 2004-yil yanvar — noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan boʻlgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQSH dollarini, undan eksport 20,3 ming, import 189,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonda "SHʼyek.1e\uye11egu" Oʻzbekiston — Ya.Z. qoʻshma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati oʻz mamlakatidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olish uchun oʻzbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, kam taʼminlangan oila ayollari taʼlimi uchun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi.
Oʻzbekiston — Yangi Zelandiya munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil 19 martda oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylashganligi mamlakatlar oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. 2004-yil yanvar — noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan boʻlgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQSH dollarini, undan eksport 20,3 ming, import 189,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonda "SHʼyek.1e\uye11egu" Oʻzbekiston — Ya.Z. qoʻshma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati oʻz mamlakatidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olish uchun oʻzbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, kam taʼminlangan oila ayollari taʼlimi uchun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi. uz.wikipedia.org