Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 



Buxoriyning «Jome’us sahih» kitobini dars olganlar. 1945 yili otalari Eshon Boboxon bilan birga haj safariga borganlar. 1947-1948 yillari Qohiradagi Al-Azhar universitetining shayxlaridan Abdulloh Fuqqoiy va Hofiz Tiyjoniylardan dars olib, so‘ngra Makka va Madina shaharlarida bilimlarini yanada chuqurlashtirib kelganlar.

1948 yili ikkinchi kurultoyda diniy nazorat raisiningo‘rinbosari etib saylandilar. 1957 yilgi uchinchi qurultoydaO‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylandilar va bu zotga «Besh jumxuriyat muftiysi» unvoni berildi.

Hazratning tashabbuslari bilan 1961 yili diniy boshqarma qoshida Xalqaro aloqalar bo‘limi tashkil etildi va to‘rt tilda «Sovet Sharqi musulmonlari» nomli jurnal chop etila boshlandi, 1971 yili Toshkentda Imom Buxoriy nomida Oliy ma’had (Islom instituti) ochildi. 1957, 1960,1968 yillari Sovet Ittifoqi hududida Qur’oni karimning chop etilishiga rahbarlik qilganlar.

Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning Islom olamida obro‘- e’tiborlari yuksak edi. Ular Jahon, Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston Tinchlik kengashlari, Jahon Oliy Islom kengashi, Masjidlar bo‘yicha Jahon Oliy kengashi, Islom Oliy kongressi, Osiyo va Afrika xalqlari birdamligi kabi tashkilotlarga a’zo bo‘lganlar.

Islom dinining targiboti yo‘lida ko‘rsatgan katta xizmatlari uchun muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon ikki marotaba birinchi darajali «Iordaniya yulduzi» ordeni, «Iordaniya yulduzi» ko‘krak nishoni, birinchi darajali «Livan kedri» ordeni, Marokashning oliy darajali «Buyuk mutafakkir» ordeni, «Livan yulduzi» ordeni, Sovet Ittifoqi hukumatining «Xalqlar do‘stligi» ordeni bilan taqdirlanganlar.

Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 1982 yili vafotlaridan keyin O‘zbekiston hukumatining ruxsati bilan Qaffol Shoshiy maqbarasi orqa tomoniga - otalarining yonlariga dafn etilganlar.

Manba: arboblar.uz


Uzpedia.uz