Sharqiya
Banokat , Fanokat, Sharqiya, Shohruxiya — Sirdaryoning oʻng sohilida, Ohangaron (Iloq) daryosining Sirdaryoga qoʻshilish joyidagi karvon yoʻli yoqasida joylashgan qadimiy shahar harobasi (1 — 18- a.lar). Banokatni havaskor arxeolog D. K. Zatsepin (1876), Ye. T. Smirnov (1894, 1896) oʻrgangan. 1973-yildan Shosh-Iloq ekspeditsiyasi (Yu. F. Buryakov) tekshiradi. Tadqiqotlarga koʻra, dastlab (1-asr) uning mudofaa devori boʻlmay, atrofidagi daryo, shuningdek jarliklar tabiiy mudofaa vositasi rolini oʻtagan, ilk oʻrta asr (5 — 6- a.)da burjli mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan. Banokat hududi 22 ga boʻlib, arki taxminan 1 ga ni egallagan. 12 — 13- a. boshlarida kengaygan (140 ga); u ark, 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qazishmalar natijasida turli sopol buyumlar (naqshinkor koʻza, kosa, sirlangan lagan va boshqalar), tanga pul va taqinchoqlar topilgan. B.da zargarlik, toʻqimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa rivojlangan, mis, kumush tangalar zarb etilgan. Moʻgʻullar istilosi davrida (1220) B. vayron boʻlgan. 1392 yilda Amir Temur Banokatni qayta tiklab, oʻgʻli Shohrux sharafiga Shohruxiya deb atagan. 18-asr boshlarida oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. Banokat harobasining bir qismini Sirdaryo yuvib ketgan.
Banokat nomi Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida „Fanokat“ deb nomlanadi.
Banokat nomining ikkinchi qismi, „kat“ soʻzi, sugʻdcha qoʻshimcha boʻlib, shahar maʼnosini bildiradi. Uning boshqa shakllari Samarqand, Xoʻjakand (Xoʻjand), Xoʻqand (Qoʻqon) va Chochkand (hozirgi Toshkent)dagi kabi kat, kant, qanddir. Bu forscha „-kada“ qo‘shimchasiga o‘xshaydi.
Banokatlik mashhur tarixiy shaxslar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org