Sharqiy Turkiston Jumhuriyati




Sharqiy Turkiston Jumhuriyati - tarixda Sharqiy Turkiston hududida tuzilgan davlat. 1944-yilning 12-noyabrida Sharqiy Turkistondagi "Ozodlik jamiyati" yig'ilishida mustaqilligi e'lon qilingan. Davlat poytaxti etib G`ulja shahri tayinlandi.

Hukumat hay’at aʼzolari




12-noyabrdagi yegʻilishda Sharqiy Turkiston islom hukumati raisi etib Alixonto'ra Shokirxo'ja o'g'li, muovin raisi etib Hakimbekxoʻja saylandi.
Hukumat hay’at aʼzolari etib quyidagilar saylandi

Mustaqillik Bayonoti



1942-yil, 12-noyabr sanasida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining 9 moddadan iborat boʻlgan Mustaqillik Bayonoti qabul qilingan.
9 moddaning har biri mustaqillikni toʻliq va oshkora ifodalovchi, inson huquqlarini toʻla himoyalovchi islomga asoslangan hujjat boʻlgan.

Bayrogʻi




Sharqiy Turkiston islom hukumati bayrogʻi yashil rangda boʻlib, qoʻshimcha sariq rang ishlatilgan. Shuningdek, bayroqda oy-yulduz, „La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh“ yozuvi boʻlgan.

Bayroqning tuzilishi ham 9 moddalik bayonotda qabul qilingan.

Sharqiy Turkiston milliy armiyasi



1945-yil 8-aprelda Sharqiy Turkiston milliy armiyasi tashkil etildi.
Askarlikka qabul qilish va harbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi Harbiy Shoʻro tuzilgan. Rahbarlikka Asilxon Alixonto'ra o'g'li tayinlangan.
Ushbu qoʻshin ichidan Gʻani botir (uygʻur), Usmon Botir (qozoq), Akbar botir (qozoq), Fotix botir (tatar), general Palinov (rus) kabi xalq qahramonlari yetishib chiqdi.

Ijtimoiy tashkilot va jamiyatlar



Sharqiy Turkiston Jumhuriyati davlat sifatida oz vaqt mavjud boʻlgan boʻlsada, unda turli tashkilot va jamiyatlar keng faoliyat yuritgan.Masalan, „Yoshlar tashkiloti“, „Xotin qizlar tashkiloti“ va „Majruhlar
jamiyati“ shular jumlasidan.

Jumhuriyat gazetasi



Hukumatning dastlabki kunlaridanoq „Ozod Sharqiy Turkiston“ gazetasi va yana rus tilidagi gazetalarni nashr qilish boshlangan.

Hokimlar



Sharqiy Tukiston Jumhuriyati viloyat va shaharlarining voliylari:

Hukumatning tugatilishi



Turkiston Jumhuriyati mustaqilligini saqlab qololmasligining asosiy sababi qurol-yaroq jihatdan sovetlarga qaramligi edi. 1946-yil 23-iyunda „Sharqiy Turkiston hukumati tarqatildi“ deb eʼlon qilindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz