Sharqiy Turkiston




Sharqiy Turkiston  — Oʻrta Osiyodagi hudud, Xitoy tomonidan bosib olingan va hali hanuz u yerdagi uygʻurlar Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tahqirlanadi, XXR tomonidan ularning madaniyati va dini yoʻq qilinishga harakat qilinadi. (Shinjyang-Uygʻur avtonom rayoni XXR).

XX asrda Sharqiy Turkiston hududida 2 marotaba mustaqil davlatlar tashkil topgan.

Tarixi




Sharqiy Turkiston hududida yaqin kunlargacha xitoyliklar yashamagan. Bu hudud asosan Islom diniga eʼtiqod qiluvchi Uyg'urlar va qisman Qozoqlar yashashgan.

Bir vaqtlar hozirgi Sharqiy Turkistonning tub aholisi tomonidan buyuk tamaddun yaratilgan va Xitoy hamda O'rta Osiyo madaniyatiga katta tasir koʻrsatgan.
Oʻz vatida Sharqiy va Gʻarbiy Turkiston yagona davlatga birlashgan edi.

Hududdagi nizolar natijasida vujudga kelgan notinch vaziyatdan unumli foydalanib olgan Jung'orlarning xoni Galdan Sharqiy Turkistonni bosib oladi. Keyinchalik Xitoyning Manchjur sulolasi tomonidan bosib olinadi.1759-yilga kelib Uygʻuriston toʻliq xitoy-manchjur askarlari tomonidan bosib olinadi.Bosib olingan yer xitoy tilida Sintzyan (Yangi yer) deb atala boshlandi.

Butun XIX asr davomida Sharqiy Turkiston aholisi faqat ozodlik uchun boʻlgan inqiloblar ostida yashaydi (1825—1828, 1857, Yettishahar 1862—1872 yillar). XX asrda esa 1931—1933, 1944—1949 yillarda boʻlib oʻtadi.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz