Sharqiy Sibir iqtisodiy rayoni
Sharqiy Sibir iqtisodiy rayoni — Rossiya Federatsiyasining o'n ikki iqtisodiy rayonlaridan biri bo'lib, federatsiyaning olti subyektidan iborat.
Tarkibi
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinentaldan mo'tadil kontinentalgacha. Tabiiy zonalar kenglik yo'nalishi bo'yicha ketma-ket almashadi: arktik cho'llar, tundra, o'rmon tundrasi, tayga, o'rmon dashtlari va dashtlar. Oʻrmon zaxiralari boʻyicha rayon respublikada birinchi oʻrinda turadi.
Resurslar
🔻 Ko'mir (Taymir, Tunguska, Irkutsk-Tereshkovskiy havzalari)
🔻 Qo'ng'ir ko'mir (Kansk-Achinsk havzasi)
🔻 Temir rudasi (Korshunovskoye koni)
🔻 Mis-nikel rudalari (Norilsk)
Aholisi
Aholisi 2022-yilga kelib 6 067 250. Aholi kamayib bormoqda, 10 yil ichida 200 ming kishiga kamaydi. Bitta millioner shahar bor - aholisi tez o'sib borayotgan Krasnoyarsk. Yuz mingdan ortiq aholiga ega shaharlarning aksariyati iqtisodiy rayonning janubiy qismida (Norilskdan tashqari) to'plangan. Aholi zichligi – 1,5 kishi/km².
100 000 dan ortiq aholiga ega aholi punktlari
Iqtisodiyoti
Mutaxassislikning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika (Ust-Xanskaya, Kureyskaya, Krasnoyarsk, Sayano-Shushenskaya, Boguchanskaya, Ust-Ilimskaya, Bratskaya GESi), yoqilg'i, qora metallurgiya, rangli metallurgiya (alyuminiy - Krasnoyarsk, Achinsk, Bratsk; nikel), kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik va metallga ishlov berish, oʻrmon xoʻjaligi, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat.
uz.wikipedia.org