Sharqiy Sibir Dengizi
Sharqiy sibir dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Novaya Sibir orollari bilan Vrangel oroli oraligʻida joylashgan. Boʻgʻozlar orqali sharqda Chukotka dengizi bilan, gʻarbda Laptevlar dengizi bilan tutashadi. Dengiz materik sayozligida joylashgan. Maydoni 987,000 km (381,000 mi²) ni tashkil etadi. Yilning asosiy qismida dengiz yuzasi muz bilan qoplanib yotadi. Oʻrtacha chuqurligi 54 m (eng chuqur joyi 915 m)ga teng. Shoʻrligi daryolar quyiladigan joyda 5 promillidan gʻarbi va shimoliy qismida 30 promilligacha yetadi.
Asosiy qoʻltiqlari:
Yirik orollari:
Dengizga Kolima, Alazeya, Indigirka, Xroma, Katta Chukochya daryolarining suvi quyiladi.
Iqlimi
Iqlimi arktika ilmiga xos boʻlib, yozi qisqa va salqin, qishi davomli hamda sovuq boʻladi. Yozda oʻrtacha harorat 0°—2° (shimolda), 2°—4° (janubda); qishda 26°, —28° ni tashkil etadi. Yiliga 100-200 mm miqdorida yogʻin tushadi. Shamol taʼsirida suv yuzasining qalqishi 1 m va undan ortiq boʻlishi kuzatilgan. Dengizda tyulen, morj, oq ayiq, baliqlardan esa muksun, chir, omul va boshqalar yashaydi. Sharqiy qismida Sharqiy Sibir dengizidan Shimoliy dengiz yoʻliga oʻtiladi. Yirik portlari Chaun qoʻltigʻidagi Pevek va Ambarchik portlari hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org