Sharqiy samoa




Amerika Samoasi  — Tinch okeandagi orollar, Samoa arxipelagining sharqiy qismi. Amerika Qo‘shma Shtatlari mulki hisoblanadi. Maydoni 197 km². Aholisining katta qismi polinezlar, rasmiy tili — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Pago Pago shahri (Tutuila orolida). Aholi baliq ovlash va konservalash, kokos yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlariga baliq konservalari va kopra chiqariladi. Pul birligi — Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari.
Amerika Samoasi shimolda Samoa davlati bilan chegaradosh.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz