SHARQIY SAMOA – Tinch okeandagi orollar, Samoa arxipelagining Sharqiy qismi. AQSh mulki. Maydoni 197 kilometr kvadrat. Aholisining katta qismi polinezlar, rasmiy tili — ingliz tili. Ma’muriy markazi — Pagopago shahri (Tutuila orolida). Aholi baliq ovlash va konservalash, kokos etishtirish bilan shug’ullanadi. AQShga baliq konservalari va kopra chiqariladi. Pul birligi — AQSh dollari.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish