Sharqiy qozog‘iston viloyati





Sharqiy Qozogʻiston viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Respublikaning chekka shimoli-sharqida, Irtish daryosi havzasida. Maydoni 97,3 ming km. Aholisi 1,395,059 kishi (2012), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, mordva, chuvash va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 65%. 15 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 20 shaharcha bor (2002). Markazi — Oʻstkemen shahri.

Aholisi




Viloyatda Qozogʻiston aholisining 9,4 % yashaydi.

Milliy tarkibi




Geografiyasi



Sharqiy Qozogʻiston viloyati hududining asosiy qismi Oltoy togʻlarida joylashgan. Irtishning oʻng sohilini tizmalar, yassitogʻlik va soyliklar egallagan. Eng baland joyi viloyatning shimoli-sharqidagi Katun tizmasida (Beluxa togʻi, 4506 m). Muzlik koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 17 °C, —26 °C, iyulniki 19—23 °C. Yillik yogʻin 250–380 mm. Rudali Oltoyda 1000–1500 mm.
Asosiy daryosi — Irtish. Eng yirik koʻllari — Marqakoʻl, Zaysan (Buxtarma suv ombori tarkibida). Togʻ oldi tekisliklardagi qoratuproqlarda chalov, har xil oʻtlar, Irtishning chap sohilida toʻq kashtan tuproqlarda chalovbetaga oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda qayin, togʻterak, terak, oqqaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr oʻrmonlari bor. Togʻoʻrmon mintaqasi moʻynali hayvonlarga boy, koʻllarida baliq turi koʻp. Ondatra, barguzin soboli iqlimlashtirilgan. Mineral buloqlar bor.

Hududiy boʻlinishi




Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tumanlari




Sanoati



Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — Rudali Oltoy polimetall konlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan rangli metallurgiya. Oʻstkemen (Ust-Kamenogorsk) qoʻrgʻoshin rux, Irtish polimetall, Belogorsk ruda boyitish va Ziryanovsk qoʻrgʻoshin kombinatlari ishlab turibdi. Mashinasozlik, kondensator va priborsozlik zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari (uysozlik, yogʻochsozlik kombinatlari, yigʻma temirbeton zavodlari) sanoatining salmogʻi katta. Yengil (tikuvchilik fabrikasi), oziq-ovqat (moy va pivo zdlari, goʻsht, baliq kombinatlari) sanoatlari ham muhim ahamiyatga ega. Irtishda Oʻstkemen, Ulba, Buxtarma GES-lari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi



Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik, sut-goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. Donli ekinlar, kungaboqar, sabzavot, kartoshka ekiladi. Zaysan soyligida obikor dehqonchilik, bogʻdorchilik va qisman, tokchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, baliqchilik, moʻynachilik rivojlangan. Irtishda kema qatnaydi. Temir yoʻl uzunligi qariyb 450 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 7 ming km dan ziyod.

Transport




Sharqiy Qozogʻiston viloyatida temir, avtomobil, suv va havo yoʻllari yaxshi rivojlangan.
2005-yili viloyat boʻyicha:

Maorif sohasi



2005-yil Sharqiy Qozogʻiston viloyatida maktabgagacha bolalar mahkamasi 80 ga, undagi bolalar soni 11952 ga yetdi;
2005—2006 oʻquv yilida bilim berishning barcha sohalari boʻyicha oʻquvchilarning soni 331,5 mingtani tashkil qildi,

Bilim beruvchi mahkamalar

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz