Sharqiy qirgʻoq




„Sharqiy qirgʻoq“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplam sheʼrlari „Tirik sayyoralar“ (1978) toʻplamidagi sheʼrlar bilan bir qatorda „Zamin sayyorasi“ (2014) sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.

Asar ilk bor 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1981-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 2014-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyotida „oʻz holida“ qayta nashr qilingan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz