Sharqiy koreya togʻlari
Sharqiy koreya togʻlari - Koreya yarim orolning sharqiy qismidagi togʻ sistemasi. Uz. 600 km. Eng baland joyi 1915 m (Chirisan togʻi). Togʻlar qadimiy kristalli jinslar, jan. qismi ohaktosh, qumtoshlardan tuzilgan. Togʻlarni chuqur daralar ajratib turadi. Baʼzi tizmalar qoyali va tik yon bagʻirlardan iborat. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, yaylovlar bor.
uz.wikipedia.org