SHARQIY AVSTRALIYA OQIMI
SHARQIY AVSTRALIYA OQIMI – Tinch okeandagi iliq yuza oqim, Janubiy Passat oqimi tarmog’i. Avstraliyaning Sharqiy qirg’oqlari bo’ylab shimoldan janub tomon oqadi. Tezligi 1,1—1,8 km/soat, markazida 2,7 km/soat. Suvining temperaturasi qishda 11-20°, yozda 15— 26°. Suv sarfi 30 million m3/sek. Tasmaniya oroli yaqinida G’arbiy shamollar oqimiga qo’shilib ketadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz