Sharofiddin Nazarov




Sharofiddin Hakimovich Nazarov (tugʻ. 12-mart 1960-yil, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek siyosatchisi, makroiqtisodiyot va mintaqaviy iqtisodiyot boʻyicha mutaxassis. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori.

Biografiya



Sharofiddin Nazarov 12-mart 1960-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) xalq xoʻjaligini rejalashtirish fakultetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan. 1977-yilda Chiroqchi tumani mexanizatsiyalashgan qurilish boshqarmasida oddiy ishchi boʻlib ishlay boshladi. 1986-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika institutiga katta muhandis, ilmiy xodim, soʻngra katta ilmiy xodim etib tayinlangan. 1992-1993-yillarda Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri lavozimida ishlagan. 1993-1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat prognoz qoʻmitasining birlashtirilgan boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1996-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha bosh maslahatchisi lavozimida ishlagan. 1998—2010-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. 2010-yildan Sharofiddin Hakimovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va mikroiqtisodiy tadqiqotlar institutida loyiha rahbari. 2016-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori lavozimida ish boshladi.

Sharofiddin Nazarov 2019-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz