Sharofat Bozorova




Sharofat Bozorova (1920-yil, Komsomol tumani, Samarqand viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1960), KPSS aʼzosi (1959).

Tarjimayi holi



Sharofat Bozorova 1920-yil Komsomol tumanida tavallud topgan. Bozorova 1946-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi „1-Boyovut“ sovxozida zveno, 1953-yildan esa brigda boshligʻi boʻlib ishlagan. Bozorova rahbarligida brigada 1960-yili 111 gektar yerning har bir gektaridan 45 sentnerdan, 1961-yilda 160 gektardan 35,7 sentnerdan paxta yetishtirishgan. Ikki marta Lenin ordeni (1950, 1960), „Hurmat belgisi“ ordeni (1957) bilan taqdirlangan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz