Sharja amirligi
Sharja — Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan amirlik boʻlib, poytaxti Sharja shahri. Mamlakatni tashkil etuvchi 7 amirlik orasida, u hududi va aholisi boʻyicha 3-oʻrinni egallaydi.
Amirlikning yonida BAAning ikkinchi eng muhim shahri Dubay joylashgan boʻlib, shaharlar orasidagi ramziy chegara — yarmi Sharjada, yarmi Dubay hududida joylashgan yoʻl kesishmasidan iborat.
Boshqaruv shakli konstitutsiyaviy monarxiya. Amirlik hukmdori Shayx Sulton ibn Muhammad al-Qosimiy.
Tarixi
Tarixan Sharja mintaqadagi eng boy shaharlardan biri boʻlgan. Birinchi aholi punktlari 5000 yil avval tashkil etilgan. XVIII-asr boshlarida Sharjada Al-Qosimiy urugʻi (Xuvala qabilasi) mustahkamlanib, 1727-yilda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan.
1820-yil 8-yanvarda Shayx Sulton I bin Saqr al-Qosimi Angliya bilan asosiy dengiz shartnomasini imzolaydi va Britaniya protektoratini qabul qiladi. Shundan soʻng, hudud Ummon shartnomasi boʻyicha Britaniya protektorati tarkibiga kiradi.
1971-yil 2-dekabrda Sharja amiri Shayx Xolid III bin Muhammad al-Qosimi Sharjaning Birlashgan Arab Amirliklari tarkibiga kirishi toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi. BAA tarkibiga kirgan boshqa amirliklar singari, Sharja amirligi ham marka kollektorlari orasida keng maʼlum boʻlgan, chunki BAA tashkil etilishidan avvalroq, Sharja pochta vazirligi tomonidan juda koʻp miqdordagi markalar ishlab chiqarilgan. Koʻpgina markalar ular nomi bilan atalgan mamlakatlarda hech qachon muomalada boʻlmagani uchun, aksariyati mashhur pochta markalari kataloglariga kiritilmagan.
Sharja hukmdorlari
Arxeologiya
Sharjadan bir soatlik yoʻlda Jebel Faya joylashgan joyda Tübingen universiteti olimlari yoshi 125-100 ming yillik ibtidoiy tosh asboblarni termolyuminesans usuli orqali topganlar. Arxeologlar neolit, temir va bronza davrlariga oid artefaktlarni ham topdilar. Jebel Fayada inson skeleti qoldiqlari topilmagan.
Iqtisodiyot
Sharjaning 2022-2024-yillarga moʻljallangan korporativ rivojlanish strategiyasiga koʻra, asosiy eʼtibor amirlik uchun raqobatbardosh, diversifikatsiyalangan va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan. Ushbu strategiya 4 ta strategik maqsad ustiga qurilgan. Birinchi maqsad: barqaror iqtisodiy o‘sishga qaratilgan bo‘lib, ular orqali strategik tashabbus va loyihalarni ishga tushirishni amalga oshirish; Ikkinchi maqsad: biznes muhitining raqobatbardoshligini oshirish; Uchinchi strategik maqsad: aloqalarni yaxshilash va hamkorlikni mustahkamlash uchun strategik sheriklik munosabatlarini yaratish; Toʻrtinchisi maqsad esa, barcha maʼmuriy xizmatlarning sifat va samaradorlik standartlariga muvofiq koʻrsatilishini taʼminlash uchun aniq institutsional imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org