SHARIPOV Urol Ziyatutdinovich




Sharipov Urol Ziyatutdinovich (1937, Leningrad,) ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti tarix boʻlimining 1961-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-eronshunos, siyosiy fanlar doktori.

Faoliyati



1960 – 1961-yillar Afgʻonistonda malaka oshiruvchi; 1961 – 1964-yillar SSSR FA SHI aspiranti. 1965 – 1966-yillarda ToshDUning sharq va tarix fakultetlari oʻqituvchisi; 1966 – 1968-yillar SSSRning Afgʻonistondagi savdo vakolatxonasida katta iqtisodchi, 1969 yidan RFA SHI da katta ilmiy xodim. Hozirda ham Rossiya FA SHI Hozirgi zamon Sharqining umumiy muammolarini tadqiq etish Markazining anʼanaviy yillik konferensiyalarining faol ishtirokchisi.

Ilmiy yo'nalishi



Eron iqtisodi tarixi. 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Moskva, Ashxabod, Szin-yan (Xitoy), Tehron, Bagʻdod, Kobul, Bagʻdod).

Asosiy ilmiy ishlari



Nomzod dissertatsiya mavzusi: “Ekonomicheskaya politika Irana v 1954 – 1962 gg. (Byudjet i byudjetnaya sistema strani)”. – M., 1965.
Doktorlik dissertatsiya mavzusi: “Mejdunarodne otnosheniya i rol neftyanogo faktora v Persidskom zalive”. – M., 1999.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz