Sharifa Salimova




Sharifa Salimova  — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yil 30-dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1969-1974). „Hayot zavqi“ va „Mening bahorim“ nomli toʻplamlar muallifi .

Mehnat faoliyati



O‘zbekiston teleradiokomiteti (1974-1987);

„Saodat“ jurnali va „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi (1989-1994);

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati .

Asarlari



„Hayot zavqi“, „Mening bahorim“, „Xizr bulog‘i“ (1996), „Tongga qasam“ (2002), „Giyohlar bilan tillashgan inson“ (1997), „Vatan suvrati“(2011) .

Tarjimalari



Shoira rus, qozoq, qirgʻiz shoiralari ijodidan tarjimalar qilish bilan bir qatorda, islomshunos nemis shoiri Hadayatulloh Hyubsh sheʼrlarini o‘zbekchaga o‘girib „Oq atirgul“ nomi bilan nashr ettirdi .

Sharifa Salimovaga 1994-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan .

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz