Sharifa Davronova




Sharifa Davronova (2006-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik yengil atletikachi. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida 15 yoshida uch hatlab sakrash boʻyicha gʻolib chiqqan.

Faoliyati



Davronova Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida ayollar oʻrtasida yengil atletikaning uch hatlab sakrash turida 15 yoshida gʻolib chiqdi. Davronova 14.04 metr uzodlikka sakradi. Sharifaning bu natijasi musobaqada 2-oʻrinni egallagan, jahon reytingida esa birinchi oʻrinni egallab turgan raqibasining natijasidan 66 smga yaxshiroq edi. Davronova keyinroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Turkiyaning Koʻniya shahrida oʻtkazilishi kechiktirilgan 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlariga yoʻl oldi. 2022-yil 11-avgust kuni Davronova ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrashda 14,30 metrga sakrab oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hayoti



Davronova Samarqand shahrida tug'ilgan. Onasi — Nasiba Hoshimova. Muzaffar Karimov murabbiyligida 10 yoshidan boshlab yengil atletika bilan shug‘ullanadi.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz