Sharif Yusupov




Sharif Yusupov — (1928, Toshkent — 2010, Toshkent), adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1990), professor.

Faoliyati



Toshkent davlat universitetini tugatgan (1951), bir necha yillar mobaynida matbuot nashrlarida, soʻngra qirq yildan ziyod Toshkent Davlat Universiteti (Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetida dars bergan. Uning „Furqat yoʻllarida“ (1984), „Xudoyorxon va Furqat“ (1994), „Xufiya qatlamlar“ (1998), „Sanʼat va hayrat“ (2000), „Tarix va adab boʻstoni“ (2003), „Tarix ummoni sirlari“ (2008) kabi kitoblari chop etilgan. R.Tagor, M.Gorkiy, Y.Fuchik, A.Chaykovskiy, M.Rusuliy asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari



„Shuhrat“ medali (1994), „El-yurt hurmati ordeni“ (1999) bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz