Sharif Abdullayev




Konsta (asl ismi: Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli, 1992-yil 9-sentabr, Sirdaryo, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik reper. Jamiyatdagi ayrim muammolarga bagʻishlangan musiqalari bilan omma orasida tanilgan.

Biografiyasi



1992-yil 9-sentabrda Guliston shahrida tugʻilgan. Kollejni tugatgach, oilasi bilan birga maʼlum vaqt Guliston shahridagi bozorda ishlab yurgan. Sharif Abdullayev 2012-yili Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida ketgan.

Ijodi



Sharif Abdullayev ilk bor 2011-yildan boshlab qoʻshiq yozishni boshlagan. Moskvada ishlab yurgan vaqtlarda Sentr, Guf va Ptaha kabi reperlarga qarashli studiyada ishlovchi xorazmlik yigit orqali oʻz qoʻshiqlarini yozdirgan.

2012—2013-yillarda „Koʻchalar guvoh“ qoʻshigʻi orqali oʻz shahrida tanilgan. „Gulim“ taronasi ortidan ancha mashhurlikka erishgan. Bloger Timur Alixonov bilan birga kuylagan „Boy“ treki esa ijodida keskin burilish yasagan. „Ertasi yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Utopiya“, „Chumoli“, „Odamlar ucha olar“, „Biz yoʻq joyda“, „Odamlar nima deydi“ kabi jamiyatdagi muammolarga qaratilgan qoʻshiqlar kuylagan. 2022-yil 31-mart kuni Zarafshon konsert zalida birinchi konsertini bergan.
Ijodida asosan oʻzbek mehnat muhojirining hayoti va muammolariga eʼtibor qaratib keladi.

2023-yil 18-aprel kuni Konsta ijrosidagi „Oʻzbekistonlik“ filmi uchun kuylangan saundtrek klipi YouTube platformasiga joylangan. Klip bir kun ichida 100 000 marta tomosha qilingan. Konsta tomonidan kuylangan „Havo“ nomli qoʻshiq hamda klipda Toshkent shahri ob-havosining buzilishi, shuningdek, ekologik inqiroz bilan bogʻliq jarayonlar ochib berilgan. Konsta 2023-yil 9-sentyabr kuni „Kulrang“ albomidagi „Jonga tegdi“ qoʻshigʻiga olinga klipini eʼlon qildi. Bu qoʻshigʻi orqali Konsta bir xil qolipga tushib qolgan televideniye va sanʼat haqida kuylagan.

Albomlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz