Sharh surasi




Sharh surasi (arabcha: سورة الشرح, nomining maʼnosi — Ochmoq, keng qilmoq[8][9]) — Qurʼonning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 596–597-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 12-boʻlib nozil boʻlgan. Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.

Asosiy mavzusi[11]



Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) koʻksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qoʻymadikmi?!

2. Sizdan yukingizni olib qoʻydik,

3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir boʻlgan baʼzi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qoʻydik.

5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq boʻlsangiz, (oʻrningizdan) turing

8. va Rabbingiz sari ragʻbat (bilan iltijo) qiling!

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz