Sharbat Abdullayeva
Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna (1958-yil Buxoro viloyati) — Iqtisod fanlari doktori, professor, Oliy taʼlim aʼlochisi" ko‘krak nishoni hamda „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna — (1958-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan) 1979-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1985-yilda Moskva moliya instituti (Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi — Moliya Akademiyasi) aspiranturasini tugatgan. Iqtisod fanlari doktori, professor. Bugungi kunga qadar mamlakat rivoji yoʻlida koʻplab samarali ishlarni amalga oshirishda faol xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini Toshkent xalq xo‘jaligi institutinining „Pul muomalasi va kredit“, kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalari
Professor Abdullayeva 15 dan ortiq darslik, 50 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop qilgan:
Mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Xorjiy mutaxassislar bilan hamkorlikda „Ekonomicheskaya teoriya“, „Bozor iqtisodiyoti amaliyoti“ kabi darsliklar ustida ishlagan. Bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha 6 ta fandan maʼruza matnlarini, qator fanlar bo‘yicha 10 dan ortiq metodik uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqan va nashr ettirgan.
Jamiyatdagi faoliyati
Xalqaro tashkilotlardagi faoliyati
Shogirdlari
Sharbat Zulpikarovna Oʻzbekiston Respublikasida „Moliya, pul muomalasi va kredit“ ixtisosligi olimlaridan hisoblanadi. Hozirda u 1 ta fan doktori, 10 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Mukofotlari
Sh.Z.Abdullayeva fidokorona mehnatlari uchun „Mehnat shuhrati“ ordeni, „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi“, „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi“, „Oliy taʼlim aʼlochisi“ ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org