Sharbat
Sharbat — yangi uzilgan va terilgan meva, rezavor mevalar hamda sabzavotlardan siqib olinadigan shirali suyuqlik, meva suvi. Sharbatdan vino, shinni, marmelad, patoka va boshqa shirinliklar ishlab chiqariladi. Qaynatib, konservalangan holda yoki bevosita isteʼmol qilish mumkin boʻlgan toʻyimli, shifobaxsh, parhez ichimlik hisoblanadi. Eng koʻp isteʼmol qilinadigani — uzum, olma, olcha, olxoʻri va pomidor sharbatlaridir. Uzum harbati tarkibida 15% quruq modda (shu jumladan, 13,2% uglevodlar), 3,5 mg% S vitamini, 0,12% karotin, shuningdek, V va R vitaminlari va kaliy tuzlari bor, nordonligi 0,2 %; pomidor sharbati tarkibida 3% uglevodlar, 0,8% oqsil, 15 mg% S vitamini, 0,5 mg% karotin, Vr V2, RR vitaminlari, mineral tuzlar bor.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org