Sharaqsoy Korund Koni




Sharaqsoy korund koni - Jizzax viloyatidagi kon. Jizzax shahridan 50 km jan.da, Molguzar togʻlarining shim. yon bagʻrida joylashgan. 1942-yilda ochilgan. Korund hosilalari quyi— oʻrta karbon ohaktoshlari yotqiziqlarining karstlangan notekis yuzasida tarqoq joylashgan. Umumiy uz. 20 km. Konda korundning kaltsitli, temirli, margaritli, oxaktoshli turlari mavjud boʻlib, ular massivli, yoʻlyoʻl va xolxol koʻrinishdagi rudalar holida qatlamsimon va uyachasimon shakllardagi tanalarda uchraydi. Tanalarning qalinligi 0,38 m dan 1,8 m gacha, uz. 200–400 m gacha oʻzgaradi. Rudaning tarkibi: korund 3—70%, gematit 0,5—35%, Margarit 10—15% dan 20—50% gacha. Korund donalarining oʻlchami 0,2 dan 2–3 mm gacha. Sharaqsoy korund konik.ning zaxiralari (toifalar boʻyicha) V — 34 ming t, S, — 35,4 ming t, S2 — 28,1 ming t. Texnologii sinovlar natijasida Sharaqsoy korund konik. rudasi abraziv xususiyatga ega va abraziv sanoatida ishlatishga yarokli deb topilgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz