Sharafa




Sharafa — muqarnas turi; muqarnas mujassamoti (ravoqli kosachalar qatorlari)ning gorizontal yoʻnalishda chapu rost takrorlanishidan hosil boʻladi. Sh. kosachalar qatori oʻzgarmasligi bilan boshqa muqarnas turlaridan farq qiladi. Meʼmorlikda binolarning devor bilan shifti oraligʻi, taxmon, mehrob, minoralarning tepa qismini bezashda qoʻllanadi. Sh. ganch, marmar (qozirda gips, beton va boshqalar)dan ishlanadi. Sh. mujassamoti akta yordamida toʻgʻridantoʻgʻri devorga tushirib oʻyiladi, quyma usulida tayyorlangan Sh. boʻlaklari esa bezatiladigan sathga yopishtirib hosil qilinadi. Sh. Sharq (Oʻrta Osiyo, ayniqsa, temuriylar davri) meʼmorligida yuksak taraqqiy etgan. 20-asr oʻrtalaridan Oʻzbekiston meʼmorligida Sh. qaytadan keng qoʻllana boshlandi (Us t a Shirin Murodov, Sh.Gʻafurov, Q.Jalilov va boshqalar).

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz