Shaqshaqlar




Shaqshaqlar - chumchuqsimonlar turkumi oilasi, 50—60 uruqqa mansub 300 ga yaqin turi maʼlum. Tanasi 10—40 sm, vazni 10—200 g. Ayrim turlarining nari va modasi rangi yaxshi farq qiladi. Yerda, butalar, daraxtlarda faol harakatlanadi. Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan. Yerga va oʻsimliklarga, baʼzi turlari kovaklarga uya yasaydi. Modasi uya qurib, 2—6 ta tuxumini 12—15 kun bosadi. Bolalarini ikkala jins uyasida 12—15 kun boqadi. Har xil hasharotlar, oʻsimliklar mevasi va urugʻlari bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 37 turi uchraydi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz