Shapiro Yakov Iosifovich




Yakov Iosifovich Shapiro (1937.6.7, Ukraina, Olevsk shahri) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1976). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yoʻllarini qoʻllab dastgoh va monumental sanʼat sohasida ijod qiladi. "Tamtam" (bronza, 1963), "Yoʻlovchi" (bronza, 1967) va boshqa dastgoh sanʼat asarlari uning ilk ishlari jumlasiga kiradi. shahrining monumental asarlari: Shastri xaykali (bronza, granit, 1972, Toshkentda), Hamid Olimjon haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda), "Semurgʻ qush" (1989, AQShning Sietl shahrida), Shukur Burhonov byusti (bronza, 1989, qabri ustiga oʻrnatilgan) va boshqalar.

Shapiro respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi; asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saklanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz