Shanxay Grand teatri
Shanxay Grand teatri (simplified Chinese) — Shanxayning Huangpu tumanidagi Xalq maydonining shimoliy qismida joylashgan majmua. Binoda Shanxay opera teatri va boshqa ijrochi kompaniyalar joylashgan.
Fransuz arxitektori Jan-Mari Sharpentier tomonidan Sharqiy Xitoyning Arxitektura loyihalash instituti bilan birgalikda loyihalashtirilgan. 1998-yil 27-avgustda ochilganidan buyon binoda opera, musiqa, balet, simfoniya, xitoy operalarini tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Tarixi
1970-yillarning oxiridagi isloxotlar davrida Shanxayga xalqaro ijrochi guruhlar kelishi tobora koʻpaydi, ammo 1990-yillarga qadar spektakllar uchun katta teatr yoʻq edi. 1994-yilda 3000 million yuanlik davlat sarmoyasi bilan SGT qurilishi boshlandi.
Teatr binolari va arxitektura uslubi
Teatr binosi 8 qavat boʻlib, yer ostida ham 2 qavat mavjud.Bino umumiy maydoni 62803 m ni tashkil qiladi. Jami investitsiya byudjeti 1,3 milliard yuanni tashkil etadi.
Butun bino uchta asosiy qismga boʻlingan: ular Auditoriya, Buik teatri va Studiya teatri. Binoda yana chiptalarni sotish markazi, balet mashgʻulotlari zali, guruh mashgʻulotlari zali, VIP zali, koʻrgazma zali, yodgorliklar doʻkoni, kofe bar, banket zali va garaj bor.
Muhim tadbirlar
Transport
Shanxay Grand teatriga quyidagi avtobus yoʻnalishlari bor: № 17, 20, 23, 37, 46, 48, 49, 71, 108, 109, 112, 123, 505, 506. Metro: „Xalq maydoni“ bekatidagi 1, 2, 8-qator
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org