Shannon O'Connell
Shannon OʻConnell (1983-yil 20-yanvarda tugʻilgan),
Shotgun Shennon laqabli avstraliyalik professional bokschi, 2013-yilda WBF yoʻnalishi boʻyicha eng yengil vazn toifasida jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan va
Avstraliya boksining malikasi sifatida tanilib kelgan. 2022-yil sentabr holatiga ko‘ra u IBF vazn toifasidagi jahon chempionati uchun majburiy daʼvogar, WBA va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatlari uchun 1-raqamli daʼvogar va hozirda Boxrec tomonidan dunyoda ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni egallagan.
Uni Glen Jennings (Tim Tszyu, Nikita Tszyu, Kostya Tszyu) va No Limit Boxing boshqarib keladi.
Yoshligi
OʻConnell 1983-yil 20-yanvarda Janubiy Avstraliyaning Adelaida shahrida tugʻilgan. 2 yoshida uning otasi Kevin OʻConnell avtohalokatda vafot etdi. Otasini yoʻqotish natijasida onasi Linda qattiq tashvishga tushadi va Shannonning oldingi hayotining aksariyat qismi suiisteʼmollik va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan oʻtadi. U 20 yoshida netbol oʻynaganidan keyin olgan bel jarohatini tiklash uchun boks bilan shugʻullanishni boshlagan. Uning birinchi murabbiyi 1970- yillardagi Adelaida bokschisi Terri Foks edi, u otasiga qarshi tezyurar musobaqalarida qatnashgan.
Havaskor faoliyati
OʻConnell muvaffaqiyatli havaskor faoliyatini beshinchi jangida milliy chempionatda qoʻlga kiritadi. Tongadagi turnirdan soʻng u Brisbenlik murabbiy Criz Makkallen bilan uchrashadi, ayniqsa sobiq jahon chempioni Entony Mundinning murabbiyi va faoliyatini davom ettirish uchun Kvinslendga koʻchib oʻtishga uni koʻndirishgan edi.
Professional faoliyati
OʻConnell oʻzining professional debyutini 2011-yil 15-dekabrda 3-raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozongan. Oʻzining ikkinchi jangida u Kvinslend shtatining ayollar vazn toifasida chempionlik unvoni uchun jang qildi va magʻlub boʻldi. Oʻzining navbatdagi oltita jangida gʻalaba qozonganidan soʻng (shu jumladan, Kvinslend shtatining eng yengil vazn toifasidagi chempionlik unvonini olgan) OʻConnell Janubiy Koreyalik Choy Hyun-Mi bilan WBA jahon chempioni unvoni uchun jang qiladi va Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan jangchiga yakdil qaror bilan yutqazib qoʻyadi.
Nokaut jangi
2013-yil 29-iyun kuni OʻConnell Sekunda Janubiy Afrikaga yoʻl oldi va WBFning boʻsh vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun Gabisile Tshabalala bilan jang qiladi. OʻConnell oʻzining 10-jangida yettinchi raundda nokaut bilan jangda gʻalaba qozondi va oʻzining birinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritadi va vaznda kattaroq va tajribaliroq boʻlgan Diana Prazakni WBC yoʻnalishi boʻyicha ayol superogʻir vazn toifasi unvoni uchun qabul qiladi va ringga tushadi. OʻConnell jangda 5-raundda texnik nokautga uchradi.
2014-yil 6-iyul kuni OʻConnell bir ovozdan qaror bilan Brown Wiley ustidan boʻsh turgan WIBA super vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritadi.
Shaxsiy hayoti
OʻConnellning uchta farzandi bor va Kvinslend shtati Brisben shahridan janubda joylashgan Sleks-Krikda istiqomat qiladi. U 2021-yilda Logan shahri „Yil sportchisi“ deb topiladi va Sleks Krikda Shotgun Boxing and Fitness nomli sport zaliga asos soladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org