Shanidar




Shanidar — tosh davriga oid gʻor. Iroqning shim.dagi Zagros togʻlarida joylashgan. Amerikalik arxeolog R.Soletskiy tomonidan tadqiq etilgan (1951—65). 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Gʻorning yuqori qatlamida hozirgi va antik davrga oid ashyolar topilgan. shahrining eng quyi qatlamidan miloddan 44—48ming yil avvalgi, muyetʼye davriga oid tosh qurollar va 9 ta neandertal odamlarining skeleti chiqqan. Bulardan pastrokda topilgan goʻdak skeleti ulardan ham qadimiyroq — 60 ming yilga teng. Sh. goriga dastlab muyetʼye odamlari taxminan 100 ming yil avval kelib joylasha boshlagan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz