Shan Tog‘ligi
Shan togʻligi - Myanmaning sharqiy qismidagi togʻlik, shuningdek, Xitoy, Laos va Tailand hududida ham davom etadi. Maydoni 150 ming km².
Gneys, kristalli slanets va ohaktoshlardan tuzilgan. Karst rivojlangan. Gʻarbiy qismi oʻrtacha bal. 900 m boʻlgan oʻrqirli tekislik, alohida yassi yuzali tepaliklar xam uchraydi. Sharqiy kismi, asosan, Saluin va Mekong daryolarining chukur daralari bilan oʻyilgan togʻ tizmalaridan iborat, oʻrtacha bal. 2500– 2600 m. Polimetall rudalar, qimmatbaho toshlar konlari topilgan. Iqlimi subekvatorial, mussonli, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 18—24°, iyulniki 30° gacha. Yillik yogʻin 1300–1700 mm, asosan, yoz oylarida yogʻadi. Gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Doim yashil va barg toʻkuvchi oʻrmonlar balandlik ortgan sari igna bargli oʻrmonlar bilan almashinadi. Qurgʻoqchil hududlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi.
uz.wikipedia.org