Shamu
Shamu (nomaʼlum — avgust 16, 1971) 1960-yil oʻrtalarida San-Diegodagi SeaWorld namoyishlarida paydo boʻlgan qotil kit edi. U qoʻlga olingan toʻrtinchi qotil kit edi. U 1965-yil oktyabr oyida qoʻlga olindi va tahminan 6yil tutqunlikdan soʻng, 1971-yil avgust oyida vafot etdi.
Erta hayot davri
Shamu avvalgi uchta (Vanda, Moby Doll va Namu) orka(qotil kit)lardan epchilroq bo'lgani uchun ushbu sog'lom orkani tutish biroz qiyinroq edi. Juda yosh, 14 fut (4,25 m), 2000 funt (900 kg) bo'lgan Janubiy rezident kiti 1965-yil oktyabr oyida Griffinning Sietl jamoat akvariumidagi erkak orka Namuga hamroh bo'lish uchun Ted Griffin tomonidan qo'lga olingan. Uning ismi 'Namuning do'sti' degan ma'noni anglatadi. Shamu 1965-yil dekabr oyida San-Diegodagi SeaWorld shousiga sotilgan.
Tutqunlik
Shamu SeaWorld shousi ishchisi Annette Eckisning ko'rsatuv reklamasi uchun kitga minmoqchi bo'lgan paytida tishlab olgan va shu voqeadan keyin shoulardan chetlashtirilgan. Kit bu ishni qilishidan oldin o'zining harakteri va harakatlari bilan unga minishlarini yoqtirmasliklarini ko'rsatgan.
Shame ushbu voqeadan 4oy o'tib 1971-yil 16-avgustda vafot etgan.
uz.wikipedia.org