Shamsiya




Shamsiya (arabcha quyosh yili)— Quyoshning Yer atrofida yillik koʻrinma aylanish davri — tropik yil. Ushbu yil Quyosh kalendarini tuzishda asos qilib olinadi va ular shamsiy (yoki quyosh) kalendari deyiladi (qarang Kalendar).

ShАMSIYa. Xalvatiya va bayramiya tariqatlaridagi
shoxobcha nomi. Sirojiddin (yoki Zohiriddin) U m a r
ibn Аkmaluddin Lahjiy Xilvatiy (vaf. 1397 y.) asos

solgan va sunniy tariqatlar sirasiga kiritiladigan
tariqat. Shimoli-gʼarbiy Eronda tashkil topgan xalvatiya
keyinchalik toʼrt asosiy shoxobchaga boʼlingan va keyin
ulardan yuzaga kelgan shoʼʼbalar tashkil topgan. Ular
ravshaniya, jamoliya, ahmadiya va shamsiya. Shamsiyaning
asoschisi Shamsiddin Аhmad Sivosiy (vaf. 1597 y.)
Sivos hududida faoliyat koʼrsatgan. Bu shoʼʼba Аbdulahad
Nuriy Sivosiy (vaf. 1650 y.) tomonidan Istanbulda keng
tarqalgani uchun u yerda sivosiya deb ham atalgan. Yana bir
«shamsiya» shoxobchasi esa onadoʼlilik mashhur tasavvuf
namoyondasi Hoji Bayram Valiy (vaf. 1430 y.) tomonidan
asos solingan bayramiya tariqatiga tegishli. Bayramiya
tariqati asosan uch shoxobchaga boʼlingan: shamsiya-bayramiya,
malomiyayi-bayramiya va jalvatiya. Ularning birinchisi
Hoji Bayramning eng ilgʼor muridi, Sulton Fotih
Muhammadxonning ustozi Oqshamsiddin davom ettirgan
tarmoq. Bayramiyaning anʼanalari asosan shamsiya va
uning tarmogʼi boʼlgan himmatiya tarmogʼida davom etgan.
Bu tariqat shia va botiniylikdan taʼsirlanmagan. Bu
tarmoqdan tannuriya. himmatiya va isaviya shoxobchalari
tarqalgan. Bu tarmoqda jahriy zikr qilinadi. Hoji
Bayramdan asar qolmagani va bu tariqatning aksar nazariy
asoslari Oq Shamsiddin tomonidan yozilgani ham qayd
qilinadi.
Аdabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz