Shamsiddinxon Boboxonov
Shamsiddinxon Boboxonov (1937—2003) – oʻzbek arabshunos olimi, filologiya fanlari doktori, diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi, 1982-89 yillarda – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.
Biografiyasi
Shamsiddinxon Ziyovuddinxon oʻgʻli Boboxonov1937 yili Toshkentning Hazrati Imom mavzeidagi Tikkoʻcha mahallasida ruhoniy oilasida tugʻilgan.
Taʼlimi
Ilk diniy taʼlimni bobosi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxondan, otam muftiy Ziyouddin ibn Eshon Boboxondan oʻrgangan, ilohiyot, fiqh, tasavvuf, mantiq va shu kabi ijtimoiy fanlardan saboq olgan. Ayni paytda 28-sonli oʻrta maktabda oʻqib, uni 1955 yili tugatgan. 1960 yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan, 1962-1966 yillar davomida Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida oʻqigan. Keyin SSSR Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan, 1970 yili shu institutda arab tilida sonlar silsilasi mavzuida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.
Faoliyati
Xalqaro islom olamida
Vafoti
2003-yil 15-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi "Gʻoyib-ota" qabristonidagi oilaviy sagʻanasiga dafn etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org