Shamsiddinov Hamidulla Ubaydullayevich
Hamidulla Ubaydullayevich Shamsiddinov (1940.27.10, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini cholgʻu ijrochiligi (qashqar rubobi, 1962) xamda operasimfonik dirijyorligi (1968) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining A xalq cholgʻulari op I kestrida sozanda I (195863), Navoiy teatrida dirijyor (1968–2002, 1990-yildan bosh dirijyor). Dirijyorlik uslubi aniq xarakatlar, musiqa rivojining sahna jarayoni bilan uzviy bogʻlanishga asoslangan. Repertuaridan Oʻzbekiston kompozitorlari ("Dilerom", "Sevgi tumori", M.Ashrafiy; "Suhayl va Meqri", M.Leviyev; "Zebunniso", "Malikai ayyor", Sayfi Jalil; "Taxtga yoʻl", N.Zokirov va boshqalar) va chet el mumtoz ("Yevgeniy Onegin", "Iolanta", P.Chaykovskiy; "Figaroning uylanishi", "Sehrli fleyta", V.Motsart va boshqalar) opera va baletlari urin olgan. Navoiy teatrida bir necha spektaklni dirijyor sifatida sahnalashtirgan (Ik. Akbarovning "Navroʻz", F.Amirovning "1001 kecha" baletlari va boshqalar). Tailand, Xitoy (Gonkong), Singapur mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Shamsiddinov Hamidulla Ubaydullayevich haqida aniq va kengaytirilgan ma'lumot olish uchun, iltimos, uning faoliyat sohasi, kasbi yoki qayerda taniqli ekanligi haqida qo‘shimcha ma’lumot bersangiz, sizga yaxshiroq yordam bera olaman.
Agar u O‘zbekiston yoki boshqa mintaqadagi taniqli shaxs bo‘lsa, umumiy ma’lumotlar, uning hayoti, faoliyati, yutuqlari haqida ma’lumot to‘plash imkoniyati mavjud.
Iltimos, kerakli ma’lumot yo‘nalishini aniqlasangiz yoki boshqa kontekstda so‘rasangiz, tafsilotli ma’lumot taqdim etaman.