Shamsiddin Vohidov




Shamsiddin Vohidov (2002-yil 11-yanvar) - oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).

Tarjimai hol



2015-yilda Shamsiddin Vohidov 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2018-yilda tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida u shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan olamshumul gʻalabaga erishdi. 2021-yilda u onlayn shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va FIDE jahon Kubkasiga saralanib olindi. 2021-yil Sochida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1-raundida Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlub etgan, 2-raundda esa Sergey Karyakinga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergan.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida Shamsiddin Vohidov FIDE Grand Shveysariya turnirida 89-oʻrinni egalladi.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Shamsiddin Vohidovga 2016-yilda xalqaro usta (IM) va 2020-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlarini berdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz