Shamsiddin Kamoliddinov




Shamsiddin Sirojiddin oʻg'li Kamoliddin  — 1955-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining arab boʻlimini 1980-yil bitirgan. Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori(1993-yil), professor(2020-yil)

Faoliyati




Ilmiy yoʻnalishi



Tarixiy manbashunoslik, Oʻrta Osiyo tarixiy geografiyasi, Oʻrta Osiyoning Turk xoqonligi (VI asr oʻrtasi — VIII asr oʻrtasi) va Arab xalifaligi (VIII asr oʻrtasi — XIII asr boshi) davrlardagi tarixi.

Ilmiy faoliyati



1988-yilda OʻzFA SHI da „Kitab al-ansab“ Abu Saʼda Abd al-Karima ibn Muhammada as-Samʼani — kak istochnik po istorii i istorii kultury Sredney Azii" mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.

1993-yilda OʻzFA SHI da „Istoricheskaya geografiya Toxaristana i Yujnogo Sogda po araboyazichnim istochnikam IX — nach. XIII vv.“ mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.

38 ta ilmiy monografiya, 8 ta risola, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar va 45 ta ilmiy taqrizlar muallifi. 45 ta ilmiy toʻplamlarning mas’ul muharriri. Bu toʻplamlardan 2 tasi Yevropaning 8 ta tillariga tajima qilingan. Ayrim maqolalari arab,turk, turkman, xitoy va venger tillariga tarjima qilingan.

Oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun 10 ta oʻquv qoʻllanma va 2 ta darslik yozgan.

50 dan ortiq Xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan (Toshkent, Samarqand, Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Olma-Ota, Taroz, Turkiston, Bishkek, Issiq Koʻl, Ashgabat, Tbilisi, Kazan, Ufa, Simferopol, Istanbul, Ankara, Izmir, Diyar Bakir, Isfahon, Tehron, Dubay, Tunis, Qohira, Iskandariya, London, Cambridge, Nara, Zurich, Urumchi va h.k.).

Tahrir ishlari



2012-yildan „Moziydan sado“ (Toshkent), 2016-yildan :Vodiynoma" (Andijon), 2019-yildan „The Journal of Islamic Research“ (Ankara, Turkiya), 2020-yildan „InfoLib“ (Toshkent), „Journal of Emerging Technology and Innovative Research“ (Hindiston) jurnallarining tahririyat a‘zosi.
2011-yildan ""dan „Sogdiyskiy sbornik / The Sogdian Studies“, „Problemy drevney I srednevekovoy istorii Chacha“, 2016-yildan „Voprosy etnogeneza I etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii“, 2022-yildan esa „Turkiston toʻplami / Turkestanskiy sbornik / The Turkistan Studies“ nomli xalqaro ilmiy toʻplamlarning asoschisi va masʼul muharriri.

Xalqaro mukofot



Shayx Abd al-Aziz al-Baptinning „Imom al-Buxoriy avlodlariga“ nomli islom tadqiqotlari sohasidagi xalqaro mukofoti sovrindori (al-Kuvayt, 1999-yil).

Xalqaro aloqalari



2010-yildan The Islamic Manuscript Association (Cambridge universiteti, UK). 2012-yildan The Intarnational Society of the Arabic Papyrology (Leyden universiteti, Niderlandiya) xalqaro ilmiy jamiyatlarning aʼzosi.

Xalqaro faoliyati



Saint Andrews universiteti (Shotlandiya), Tokio Infirmatika instituti (Yaponiya), Zurich universiteti (Shvetsariya), Cambridge universiteti (Angliya), Gerda Henkel (Germaniya), TIKA (Turkiya), Xitoy FA Tarix Instituti (Pekin), Xalqaro Turk Akademiyasi (Qozogʻiston), Erasmus + (Yevropa Ittifoqi) ilmiy grantlariga sazovor boʻlgan.
3 ta chet el universitetlarining taklifiga binoan 4 ta maʼruza oʻqigan va 1 ta mahorat darsi bergan:
— AQSh ning Michigan davlat universitetida maʼruza (2017-yil oktyabr);
— Niderlandiyaning Leyden universitetida 2 ta maʼruza va 1 ta mahorat darsi (2018-yil aprel);
— AQSh ning Kaliforniya (Devis) universitetida maʼruza (2018-yil avgust).

Asosiy ilmiy ishlari



Kitoblar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz