Shamsharov Yo`ldosh
Yoʻldosh Shamsharov (1907 Chust tumani Olmos qishlogʻi — 1987, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Fargʻona ped. intini tugatgan (1933). "Yosh leninchi" gazetada masʼul kotib (1933—34), "Lenin uchquni" gazetada muharrir (1934—37), "Kizil Uzbekistan" gazetada masʼul kotib, boʻlim mudiri (1938—41; 1955— 62), Oʻzbekiston KP MK matbuot sektori mudiri (1941—44), Oʻzbekiston davlat nashriyoti direktori (1944—47), "Sharq yulduzi" (1963—64), "Guliston" (1964—69) jur.larida muharrir. "Paxtaqaynar" (1959), "Qahramonlik yoʻli" (1960), "Gʻurumsaroyliklar" (1962), "Oshiqlar" (1969), "Inson qalbi" (1969) ocherklar toʻplamlari, "Chiroq" (1971) romani, "Hayot taqozosi" (1974), "Navbahor qissasi" (1975), "Ishq oʻti" (1978) kitoblari muallifi. I. S.Turgenevning qator qissa va romanlarini, D.Defoning "Robinzon Kruzo" va boshqa mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
uz.wikipedia.org