Shamol ortidan yugurib
Shamol ortidan yugurib – afg'on yozuvchisi Xolid Husayniy qalamiga mansub 2003-yilda nashr etilgan birinchi roman.
Sujet
Asar pushtun millatiga mansub Amir ismli bola nomidan yoziladi. U o'ziga to'q oilada katta bo'ldi. Otasidan e'tibor va mehr kutib ulg'aygan Amirning yagona do'sti hazora Hasan edi. Garchi Hasan kamchilikni tashkil etgan, doimiy kamsitilgan millat vakili bo'lsa ham Amirning otasi unga yaxshi muomala qilar, sovg'a-salomtlar bilan ko'nglini olar edi. Bu esa ko'pincha Amirda otasini Hasandan qizg'onish hissini uyg'otardi. Hasan esa Amirga nisbatan sodiq bo'lib, uni o'zining yaqin do'sti hisoblab har doyim himoya qilib keladi.
1975-yilda Qobulda odatgadagidek varraklar uchirish musobaqasi bo'lib o'tadi. Shartlar bo'yicha havoda uzoq turgan varrak egasi g'olib bo'lishi kerak. Amir agar g'olib bo'lsa otasining e'tiborini qozonishi mumkin deb o'ylardi. Musobaqada Amir va Hasan g'olib bo'lishdi, ularning varraklari havoda eng uzoq ichgani bo'ldi. Lekin endi yerga tushgan varrakni topish ham kerak edi. Bu narsada uddaburon bo'lgan Hasan varrakni qidirib ketadi. Ancha vaqtgacha Hasanning qaytishini kutgan Amir uni qidirishni boshlaydi. Yomon hulqqa ega Asif Hasanni tahqirlayotgan edi. Voqealarni yashirincha kuzatayotgan Amir qo'rqqanidan bu ishga aralashmadi, do'stining yonini olmadi. Amir bu voqealarni hech kimga aytmadi, Hasan Amirni ko'rmagan edi. Hasanning oldida o'zini aybdor deb hisoblagan Amir garchi Hasan u bilan do'stona aloqalarda bo'lsa ham u bilan aloqalarni uzishga qaror qildi.
Bunning uchun u o'ziga sovg'a qilinga soat va pullarni olib bildirmay Hasanning yotog'iga tashlab qo'ydi. Nima bo'lganini tushungan Hasan barcha aybni bo'yniga olib bu safar ham haqiqiy do'stligini isbotladi. Bo'lib o'tgan voqealar uchun Hasanni kechirgan Amirning otasi Hasan va uning otasi Alidan uydan ketmaslikni iltimos qildi. Lekin ular baribir Amirning uyini tark etishdi. Usha yili Sovet ittifoqi Afg'onistonga o'z qo'shinlarini kiritadi. Urushdan qochgan Amirning oilasi Amerikaga ko'chib ketishadi. Oradan vaqt o'tib Amir usha yerda kelib chiqishi muhojirlar oilasidan bo'lgan qizga uylandi.
Haqiqatlar oshkor bo'lishi
Amirning otasining do'sti uning o'limidan so'ng haqiqatni Amirga haqiqatni, Hasan bilan ular aka-uka ekanliklarini oshkor qiladi. Bahtga qarshi Hasan ayoli bilan Tolibon tomonidan o'ldiriladi. Lekin uning Suhrob ismli farzandi bolalar uyida tushib qoladi. O'z aybini yuvish maqsadida Amir Suhrobni qaramog'iga olmoqchi bo'ldi.
Ona yurtiga qaytgan Amir vayron bo'lgan shaharda Suhrobni topa olmaydi. Uni ham boshqa bolalar qatori olib ketishgan edi. Amir usha tolibni topdi. U bolalikdan ularni haqoratlab kelgan Asif edi.
Qahramonlar
E'tirof
Roman Nielsen Golden Book Award mikofoti bilan taqdirlangan..
Ekranlashtirish
2007-yilda kinorejissor Mark Forster asarning kinotalqinini suratga oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org