Shamol kadastri




Shamol kadastri — shamol energetikasi resurslari (imkoniyatlari)ni hisobga olish tizimi; maʼlumotlar toʻplami. Joylardagi (mahalliy) shamol tezliklari maromini ifodalovchi obyektiv maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Shamol kadastri maʼlumotlari shamol energetikasi sohasida bajariladigan hisoblashlar uchun asos boʻladi. Shamol kadastrida mahalliy shamollarnchng oniy va oʻrtacha tezliklari, takrorlanuvchanligi, yuz beradigan sukunat (shtil) davomiyligi va boshqa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jadval yoki grafik shaklida beriladi. Bu jadval va grafiklarni tayyorlashda meteorologiya styalarining koʻp yillik kuzatishlari materiallaridan foydalaniladi. Uzbekistonda bunday kuzatishlar gidrometeorologiya xizmati tomonidan olib boriladi (Uzbekistonda 47 ta meteorologiya styasi mavjud; 2005).

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz