Shamita Shetty




Shamita Shetty  — 1979 -yil 2-fevralda — Mumbayda tugʻilgan. Hind moda dizayneri, sobiq aktrisa va model. Uning opasi Bollivud aktrisasi Shilpa Shettydir.

Biografiyasi



Shetty Mumbayda tulu tilida soʻzlashuvchi bunt oilasida tugʻilgan. Uning marhum otasi Surendra va onasi Sunanda farmatsevtika sanoatida chidamli suv qopqoqlarini ishlab chiqaruvchilar edi.
Anʼanaviy oilada tugʻilgan Shamita Mumbaydagi Sent-Entoni qizlar oʻrta maktabida taʼlim olgan. Sydenham kollejida tijorat boʻyicha oʻz darajasini tugatgandan soʻng, Shetty Mumbaydagi SNDT kollejida moda dizayni boʻyicha taxsil olgan. Shundan soʻng u moda dizayneri Manish Malxotra bilan amaliyot oʻtashni boshladi, lekin Manish unda aktorlik maxoratini koʻradi va aktrisa sohasida oʻzini sinab koʻrishni taklif qiladi.. U 2000-yilda Aditya Chopra rejissorligidagi "Oshiqlar " blokbasterida ilk rolini ijro etgan. Bu roli uchun u " Eng yaxshi debyut " nominatsiyasida Yilning Yulduzli debyuti uchun IIFA mukofotiga sazovor boʻldigan. U „Mening sevgilimning toʻyi“ (2001) filmidagi „Sharara Sharara“ va „Muhabbat anatomiyasi“ (2002) filmidagi „Chori pe chori“ kabi musiqalaridagi ijrosi uni muvaffaqiyatli aktrisaga aylantirdi. 2005-yilda u Emran Hashmi bilan birga „Sevgi zahari“ filmida suratga tushgan. Oʻsha yili u opasi bilan birga „Ehtiroslar olovida“ filmi rol ijro etdi. U Hindistonning Bigg Boss realiti-shousida ham ishtirok etgan.

2011-yil 14-iyunda u interyer dizayni boʻyicha oʻz ishini boshlaganidan keyin kinodan ketishini eʼlon qildi.

2015-yildan beri u Jhalak Dikhhla Jaa 8 realiti-shousida ishtirok etib keladi. U finalga chiqdi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz