Shamayeva Muhabbat




Muhabbat Shamayeva (asl ismi Lyuba) (1944.12.5, Buxoro) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Ijodiy faoliyatini Buxoroda havaskorlik ansamblida boshlagan. 1963—65 yillar Oʻzteleradiosining "Maqom ansambli", 1965—91 yillar estradasimfonik orkestrida yakka xonanda. 1990-yillarning 2-yarmidan NyuYorkdagi "Tiklanish" buxoro yahudiylari musiqali teatri aktrisasi. Jozibali, yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan oʻzbek xalq ("Tanavor", "Fargʻonacha" va boshqalar) ashulalari, bastakor va kompozitorlar yaratgan lirik va estrada qoʻshiqlari ("Koʻchalar", D. Zokirov; "Toshkent nahori", "Tong navosi", M. Mirzayev; "Oʻrik gullaganda", Manas Leviyev; "Yoʻllarim", M. Ashrafiy; "Mirzachoʻl yoryori", F. Krdirov va b) keng oʻrin olgan. U, shuningdek, turli xalklar (tojik, yahudiy, ozarbayjon, tatar, turk, eron, arab, afgʻon, fransuz va boshqalar) qoʻshiqlarini ham ijro etgan. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz