Shamaton
Shamaton (ruscha: Шаматан) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
Shaharcha nomidagi soʻz sha qoʻshimchasi maton soʻzlarining birikishidan paydo boʻlgan. Lekin bunda tovush tarkibida oʻzgarish yuz bergan. Yaʼni shaharchaning qadimiy nomi shov yoki shav qoʻshimchasi va metan, mitan soʻzlari birikmasidan tarkib topgan boʻlgan. Soʻgʻd tilida shov va shav qora, kichkina, mitti, mayda, shuningdek balandlik va koʻlami kichik hudud maʼnolarini anglatgan. Bunday nomli hududlar Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida uchraydi. Masalan, Shovkan (Buxoro), Shavxaron (Naxshab), Shovdor (Samarqand), Shovqor (Jizzax) kabilar. Soʻzning ikkinchi qismidagi maton soʻzi qadimiy eroniy tillarda uy turar joy maʼnosini beruvchi maedana soʻzining oʻzgargan shakli hisoblanadi. Shunga koʻra metan, mitan va maton soʻzlari turarjoy makon, devor bilan oʻralgan manzil, qoʻrgʻon, qal’a maʼnosida qoʻllanilgan. Umumiy qilib aytganda Shamaton bu kichik qoʻrgʻon degan maʼnoni anglatadi.
Aholisi
2016-yil 1-yanvardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Shamaton shaharchasida jami 2900 nafardan ortiq kishi istiqomat qilgan. 2013-yilda bu koʻrsatkich 2754 tani tashkil qilgan.
Tuzilishi
Shamaton shaharchasida asosiy bitta mahalla mavjud: Shamaton MFY. Shu bilan birgalikda, shaharchada bitta qabriston, 32-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi, 12-sonli maktab, bolalar maydonchasi va bir nechta doʻkonlar faoliyat yuritadi.
Shamaton shaharchasining shimolida Yangibogʻ shaharchasi, janubida Qoraqush, gʻarbida Qumqishloq, sharqiy qismida esa Ammagʻon va Xoʻjaxuroson shaharchalari joylashgan.
Shaharchaga eng yaqin yoʻl (112 km) M-39 avto magistral qatnovi hisoblanadi.
Iqlimi
Shamaton shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° darajani tashkil etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org