Shalva Eliava




Shalva Zurabovich Eliava (1883.15.9, Kutaisi gubernyasining Taniri qishlogʻi — 1937.3.12, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan siyosatchilardan. Peterburg universiteti yuridik ftida oʻqigan (1903—09). Talabalik paytidan bolsheviklarta qoʻshilgan. Vologda gubernyasi ijroiya komiteti raisi va oziq-ovqat komissari, rais oʻrinbosari (1917—18). RSFSR XKSning Turkiston ishlari boʻyicha Alohida muvaqqat komissiyasi raisi (1919-yil fevral — oktyabr), Turkiston fronti Inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi (1919-yil avgust — 1920-yil sentyabr), Butun Rossiya MIK va RSFSR XKS Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) ning birinchi raisi (1919-yil noyabr — 1920-yil avgust), RKP (b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro) aʼzosi (1920-yil avgust). E. Turkistonda sovet rejimini zoʻravonlik bilan qaror toptirish uchun istiqlolchilarga qarshi kurashda mashʼum nom qozongan.

1920-yil yozidan RSFSRning Turkiya va Erondagi muxtor vakili. 1921—27 yillarda Gruziya SSR Harbiy-Dengiz xalq komissari, Gruziya SSR XKS raisi; ZSFSR XKS raisi (192730), SSSR Tashqi savdo xalq komissari oʻrinbosari (1931—36), SSSR Yengil sanoat xalq komissari oʻrinbosari (1936—37). Sovet rejimiga sodiqlik bilan xizmat qilgan boʻlsada, qatagʻonga uchragan (1937).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz