Shalqar (tuman)
Shalqar tumani — Aqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shalqar shahri.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.
Aholi punktlari
Aqqaytim, Bayqadam, Begimbet, Birshoʻgʻir, Boʻzoʻy, Jiltir, Moʻnke Biy, Qaratoʻgʻay, Qauiljir, Qoʻtirtas, Soleniy, Tgʻiz, Shalqar, Shilikti.
Ijtimoiy soha
Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda.
Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda.
Manbalar
uz.wikipedia.org