Shallop himoyasi




Shallop himoyasi  – bu quyidagi yurishlar bilan boshlanadigan shaxmat debyuti:

1. e2-e4 e7-e5
2. f2-f4 e5: f4
3. Ng1-f3 Ng8-f6.
Nemis shaxmatchisi Emil Shallop nomi bilan atalgan.

Tarixi



XIX asrning oʻrtalaridan beri maʼlum boʻlgan bu debyut XX asrning boshlarida keng tarqaldi. Ushbu debyut asosan shoh gambitidan qochish uchun yaratilgan. Biroq, keyinchalik, oqlar uchun tashabbusni rivojlantirish uchun yangi yurishlar topildi. buning natijasida Shallop himoyasi oʻzining avvalgi mashhurligini yoʻqotdi va hozirda turnir amaliyotida juda kam uchraydi.

Variantlar



4. …Nf6-d5 5. c2-c4 Nd5-b6 6. d2-d4 d7-d6 7. e5:d6!  – Oqlar ustunlik bilan boshlaydi.
4. …Nf6-e4  – Averbax yurish.
5. d2-d4 d7-d5 6. Bc1:f4 c7-c5 7. Nb1-d2 Nb8-c6 8. Bf1-d3  – Oqlar uchun afzal yurish.
5. d2-d3 Ne4-g5 6. Bc1:f4 Ng5:f3+ 7. Qd1:f3 d7-d6 8. Bf1-e2 yoki 8. Qf3-g3!

Namuna oʻyin



Richard Xayn — Emil Shallop, Berlin, 1863

1. e2-e4 e7-e5 2. f2-f4 e5:f4 3. Ng1-f3 Ng8-f6 4. e4-e5 Nf6-h5 5. d2-d4 d7-d5 6. c2-c4 Bc8-g4 7. Nb1-c3 Bf8-b4 8. Bc1-d2 Bb4-e7 9. c4:d5 Be7-h4+ 10. Ke1-e2 c7-c6 11. h2-h3 Nh5-g3+ 12. Ke2-d3 Bg4-f5+ 13. Kd3- c4 c6:d5+ 14. Nc3:d5 Nb8-a6 15. Nf3:h4 Qd8:d5+ 16. Kc4:d5 Bf5-e6+ 17. Kd5-d6 Ra8-d8x

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz